

Ma'lumotlarga ko'ra, "Shalke-04" "Manchester Siti"ga o'tgan Leroy Sane o'rnini Azmun bilan to'ldirmoqchi. Nemis klubi yozgi transfer oynasida Sardorni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Spox, Fourfourtwo va Goal bergan ma'lumotlarga ko'ra, eronlikka "Bayer", "Liverpul", "Everton" va "Marsel" qiziqish bildirmoqda.
Sardor Azmun Eron terma jamoasidagi 30 ta rasmiy uchrashuvda 22 ta gol, Rossiya Premer-ligasidagi 64 ta o'yinda 17 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.



