Sanya "Napoli" va "Manchester Siti"ga qarshi o'ynamaydi
Tolibjon Qosimov
10 dek 2013, 17:54
"Arsenal" himoyachisi Bakari Sanyaning jarohati tiklanish muddati kutilganidan ko'ra uzoqroq cho'ziladigan bo'ldi, deya xabar berioqda Goal.com.
Futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli bir o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. Biroq u "Napoli" va "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarni ham o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Uning tiklanib, safga qaytish muddati hozircha ma'lum emas.