Sanjar Shoahmedov: “Tezkor urgan gollarimiz bizga qo'l keldi”

Narzulla Saydullayev
4 avg 2016, 16:45
Kecha “Lokomotiv” – “Navbahor” (5:0) uchrashuvidan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Sanjar Shoahmedov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  6 daqiqa ichida 3ta gol urganimiz barcha futbolchilarimizni ruhini ko'tarib yubordi deb o'ylayman. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq ko'proq bo'ldi. “Navbahor” jamoasi yangilangan tarkib bilan maydonda bahs olib bordi. Tezkor urgan gollarimiz bizga qo'l keldi. “Navbahor”da ham 2, 3 ta golli vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan unumli foydalana olisholmadi. Menimcha ularga omad yetishmadi. “Navbahor” kelgusi o'yinlarda g'alaba qozonadi deb o'ylayman”, - deydi “Lokomotiv” yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia