Sanjar Quvvatov: “Safardagi uchrashuvlar har doim qiyin bo'lgan”

Narzulla Saydullayev
1 fev 2017, 18:23
Kecha OCHLning “pley-off” o'tish bosqichi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi Bahraynning “Al Xidd” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va raqiblarini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng “ajdarlar” posboni o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Kechagi g'alaba bilan muxlislarimizni, jamoadoshlarimni va murabbiylar shtabini ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Tayyorgarlik jarayonida ko'proq o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganimiz biz uchun bugungi o'yinda juda ham qo'l keldi. Shuning uchun ham uchrashuvda ishonchli harakat qildik. “Al Xidd” jamoasini yig'in davomida o'rganib chiqqandik. Shuning uchun ham raqib jamoa futbolchilarini qanday o'yin namoyish etishini bilib olgandik. Endi bizni navbatdagi “Al Fatih” jamoasiga qarshi yana bitta “pley-off” bahsi kutib turibdi. ushbu uchrashuvga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Safardagi uchrashuvlar har doim qiyin bo'lgan. Kechagi g'alaba jamoaning axilligi evaziga qo'lga kiritildi”, - deydi “Nasaf” posboni Sanjar Quvvatov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia