Sanjar Quvvatov: "Lokomotiv"ning kuchli ekanligi o'yin davomida sezilib turdi"

Aziz Tukhtamuradov
17 mar 2019, 08:40
"Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam, OCHLdagi uchrashuvdan so'ng biroz og'ir bo'ldi. Charchoq alomatlari sezildi. Ikkinchi bo'limda raqibga nisbatan faol harakat qildik va o'zimiz uchun kerakli natijaga erishdik. "Lokomotiv" kuchli jamoa. Bu o'yinda albatta sezilib turdi. 

Bu birinchi o'yin va unda eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o'ynadik. Ana shunday jamoa ustidan g'alaba qozonish bizga ruxiy tomonlama kuch bag'ishlaydi. Umuman olganda, Superligada kuchsiz jamoaning o'zi qolgani yo'q", - dedi Sanjar Quvvatov.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia