Sandro Tonali: "Milan libosida o'ynash orzum edi. Men juda baxtliman"

Alisher
10 sen 2020
"Breshia"dan "Milan"ga ijara asosida o'tgan yarim himoyachi Sandro Tonali o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda kuchli, chiroyli tuyg'ular. Men juda baxliman.

"Milan" libosida o'ynash orzum bo'lgan. Men hali uni kiymadim, ammo bu narsa bugun ro'y beradi", - deydi Tonali.

Xabarlarga ko'ra, "Milan" futbolchining ijarasi uchun 10 million evro to'laydi, xarid qilish huquqi esa 20 mln evroni tashkil etadi. Bundan tashqari "Breshia" uning keyingi sotuvidan 10% ulush oladi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi xavbeki Milan klubi safida 8-raqam ostida o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net