Sancho GFLning xabariga yozgan tvitini o'chirib tashladi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020
Dortmundning "Borussiya"si vingeri Jeydon Sancho GFL tvitteri tomonidan soch turmagini o'zgartirish maqsadida boshqa joyga borgani uchun jarimaga tortilgani borasidagi tvitga reakciya bildirgandi.

"Bu shunchaki kulgili", - deb yozgandi Sancho.

Biroq oradan 20 daqiqa o'tib, futbolchi ushbu tvitini o'chirib tashladi.

Oldinroq ma'lum qilganimizdek, u va Manuel Akanji birgalikda sartaroshxonaga berib, maxsus tibbiy protokollarda yozilgan qoidalarni buzgani uchun jarimaga tortilgani borasida ma'lumot bergandik. Hozircha jarima summasi raqamlari aniq keltirilmagan.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal