Sancho "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 16:29
Dortmundning "Borussiya"si bosh murabbiyi Lyusen Favr yarim himoyachi Jeydon Sanchoning jismoniy holati haqida gapirdi.

"Sancho jamoaviy mashg'ulotga qo'shilganiga 10 kun ham bo'lmadi, bu ko'p emas. Hozircha u "Bavariya"ga qarshi o'yinda qatnashishi borasida bir narsa deya olmayman", - dedi Favr.

Germaniya chempionatining 28-turi doirasidagi "Borussiya D" - "Bavariya" uchrashuvi 26 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal