Sanches katta miqdordagi soliqni to'lamaganlikda ayblanmoqda

Sherzod Nurmatov
25 dek 2020, 20:24
Ma'lumotlarga qaraganda, u soliq to'lashdan bo'yin tovlagan.

Ispaniya soliq idoralari "Inter" hujumchisi Aleksis Sanchesni qariyb 1 million evroni davlatdan yashirganlikda ayblamoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Taxminlarga ko'ra, futbolchi 2012-2013 yillarda soliq to'lamagan. O'sha paytda u "Barselona"da o'ynagan.

Sanchesning o'zi hozirda jarohatini tiklamoqda, u yil oxirigacha safdan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail