

O'tgan mavsum Ulug'bek Baqoev qo'l ostidagi So'g'diyona jamoasida to'p surgan tajribali yarim himoyachi Sanat Shixov jamoamiz yig'iniga kelib qo'shildi. Tez orada futbolchi bilan shartnoma tuzilishi kutilmoqda. O'zining yorqin o'yinlari bilan Buxoro muxlislari mehrini qozongan Shixov 2017-2018 yillarda Buxoro safida o'ygan, deyiladi xabarda.



