“San-Siro” Milanning madaniy merosi sifatida tan olinmadi, stadion yo'q bo'lish arafasida

Eldor Akmurzayev
21 may 2020, 21:05
“Milan” va “Inter” klublari “San-Siro”ning o'rniga yangi zamonaviy stadion qurishni rejalashtirayotgan edi.

Endi ular o'z maqsadlariga erishish uchun yanada yaqinlashdi.

La Repubblica manbasiga ko'ra, mahalliy kengash qo'mitasi o'yingohni Milan shahrining madaniy merosi deya hisoblamagan. Bu 1990 yilgi mundialga tayyorgarlik jarayonida stadionning ilk holatidagi arxitekturasiga jiddiy o'zgartirish kiritilgani bilan bog'liq. “San-Siro”ning asl ko'rinishidan kam narsalar qolgani tufayli, uni madaniy meros sifatida hisoblab bo'lmasligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi o'yingoh hozirgi avtoturargoh joylashgan hududda quriladi. “San-Siro” o'rnida esa istirohat bog'i yoki quyi jamoalar o'ynashi uchun joy ajratiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Repubblica