San-Marino terma jamoasi JCH-2026ga yo'l olishi mumkin. Qanday qilib?!

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024, 15:15
San-Marino terma jamoasi saralash guruhida qay o'rinni egallashidan qati nazar JCH-2026 ishtirokchilari qatoridan joy olish imkoniyatiga ega.

14 Millatlar Ligasi guruhi g'oliblaridan 10 tasi to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olgan taqdirda jamoa avtomatik ravishda pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar birinchi va ikkinchi savatchadan joy olgan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olsa, San-Marino pley-offda qolgan o'rin uchun kurash olib boradi. U yerda FIFA reytingida so'nggi 210-o'rinni egallab turgan jamoa Moldova, Shimoliy Irlandiya va Shimoliy Makedoniya termalari bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, San-Marino Millatlar Ligasi guruhida Gibraltar va Lixtenshteyn jamoalarini quvib o'tib, birinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AP News