

“U qiziga 5 yildan ortiq vaqt mobaynida aliment to'lamasdan, adolatni mensimaslikda davom etmoqda. Erikaning moliyaviy ahvoli juda yomon, Eto'O esa hashamatda yashaydi”, - dedi Samyuel Eto'Oning qizining advokati.
Advokat, shuningdek, Eto'Oning barcha jinoiy ishlarini hisobga olsak, Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti bo'lishi normal holat emasligini ma'lum qildi. Sobiq futbolchi Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda va yana bir qiziga aliment to'lamaganlikda aybdor deb topilgan.
2022 yil fevral oyida kamerunlik to'rt yillik sud jarayonidan so'ng Erikani o'zining qizi deb tan oldi. Sud Eto'Oga oyiga 1400 evro miqdorida aliment to'lash majburiyatini yuklagandi.



