Samvel Babayan: "Bizning guruh musobaqadagi eng kuchlisi"

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 17:59
U23 Osiyo chempionati boshlanishidan oldin "C" guruhi jamoalari ustozlari o'z fikrlarini bildirishdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Agar biz to'g'ri yo'lda bo'lsak kelajakka umid bilan boqa olamiz. Biz musobaqa davomida o'zimizning eng kuchli tomonimizni ko'rsatishni istaymiz. O'zbekiston barcha shubha gumonlarni yo'qqa chiqarmoqchi", - deydi Babayan.

"C" guruhi musobaqaning eng kuchli guruhi deb bemalol ayta olaman. Bu guruhdan kamida bitta jamoa Rio de Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga borish uchun da'vogar bo'la oladi. Sababi guruhimizda juda kuchli jamoalar jamlanishgan", - deb o'z fikrlarini yakunladi O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia