

"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, fransiyalik futbolchi trenajer zalida shug'ullanishni boshlagan. Futbolchi 18 aprel kuni "Kadis"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Samuel Umtiti 2016 yilda "Barselona" a'zosiga aylangandi. Ushbu mavsumda u bor yo'g'i 1 marta maydonga tushdi.



