Samuel Eto'O: "Dunyodagi eng zo'ri - "Barselona"

Alisher
28 noya 2020
"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Kataloniya klubiga o'tgani haqida gapirdi.

- Bu qadam - o'yinchi uchun eng osoni, sababi sening atrofingda eng zo'r futbolchilar bo'ladi. Bu dunyodagi eng zo'r klub. "Malorka" oila edi, ammo biz o'z chegaramizni bilar edik. 

"Barselona"da esa Ronaldinyo, Larsson, Deku... eng zo'rlari... keyin Messi, Xavi, Inesta keldi. Seni doim eng zo'r o'yinchilar o'rab oladi", - deydi Eto'O.

Eto'O 2019 yilning sentyabr oyida faoliyatini yakunladi. Kamerunlik futbolchi Ispaniya klubida uch bor mamlakat chempioni va ikki bor Chempionlar Ligasi sohibiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: AS