Samuel Eto'O: "Eden Azar o'zining eng zo'r formasiga qaytadi. Bu yil uning mavsumi bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2021, 23:49
Samuel Eto'O Eden Azar haqida ijobiy fikrda.

"Real Madrid" va "Barselona" klublari sobiq hujumchisi Samuel Eto'O madridliklar futbolchisi Eden Azar haqida gapirdi.

"Eden Azar o'zining eng zo'r formasiga qaytadi. Bu yil uning mavsumi bo'ladi", -deydi Samuel Eto'O. 

Eslatib o'tamiz, Azar 2019 yilda "Chelsi"dan "Real"ga 115 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Ushbu mavsumda u uch marta maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi Belgiya terma jamoasi ixtiyorida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport