

“Andijon” futbol klubining ravnaqi yo'lida sadoqat va matonat bilan mehnat qilgan bosh direktor Elbek Samatov yangi mavsumdan e'tiboran sport direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
Elbek Abdurauf o'g'li 2023 yilning 31 oktyabr sanasida bosh direktor lavozimida ishga kirishdi va uning boshchiligida “burgutlar” tarixda ilk marotaba O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi.
Klubning infratuzilmasi, uning brendini oshirishda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi va muxlislarning ham etirofiga sazovor bo'ldi.
Biz Elbek Samatov boshqa lavozimda ham samarali ish olib borishiga tilakdoshmiz", - deb yoziladi klub bayonotida.



