

- O'yin shiddatli va og'ir kechdi, - dedi Samandar Shodmonov. - Har ikki jamoa ham butun uchrashuv davomida juda ehtiyotkor bo'lib o'ynadi. Aslida bunaqa bahsda bitta xato o'yin taqdirini hal qilardi. Shu kuni raqib darvozaboni O'tkir Yusupov juda ko'p vaziyatlarda mahorat ko'rsatib, o'z jamoasi joniga oro kirdi. O'z maydonimizda qimmatli ochkolarni boy berib qo'yganimiz juda alamli bo'ldi. Endi bor e'tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz. Jizzaxda chiroyli o'yin namoyish etib, o'z muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.



