Saloh "Liverpul" ixtiyoriga qaytdi va "Lester"ga qarshi o'ynash niyatida

Sherzod Nurmatov
8 fev 2022, 22:06
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasidan klubga qaytdi.

Xabarga ko'ra, 29 yoshli misrlik allaqachon klub rahbariyatini mashg'ulotlarni boshlashga tayyorligi va 10 fevral kuni "Lester"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni istayotgani haqida xabardor qilgan.

Ma'lum qilinishicha, klub uning uchun individual reja asosida mashg'ulotlar tashkil etib beradi.

Saloh joriy mavsumda APL doirasidagi 20 o'yinida qatnashib, 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Liverpul" – "Lester" o'yini 10 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times