Salah muxlislari uchun xushxabar: Muhammad JCH-2018da o'ynaydi, tiklanish uchun 2 hafta kerak!

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018, 07:42
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah juda katta ehtimol bilan JCH-2018da ishtirok etadi.

Misr terma jamoasi yetakchisi kecha oqshom “Real”ga qarshi kechgan YCHL finali (1:3)da jarohat olgan edi. O'yindan keyin Salahning mundialni o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgandi. 

Misr sport vaziri Xaled Abdel Aziz o'zining “Feysbuk”dagi sahifasida xabar berishicha, Muhammadning tiklanishi uchun ikki hafta kerak bo'ladi va u albatta Misr terma jamoasi tarkibida Rossiyaga boradi. Bu ma'lumotni terma jamoa shifokorlari ham tasdiqlashdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif