

Futbolchi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Yangi kelishuvga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi haftasiga 300 ming funt maosh bo'ladi. Shu tariqa, 24 yoshli futbolchi "Arsenal" tarixidagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Ma'lumot uchun, Saka "Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U London jamoasining asosiy tarkibida jami 284 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 77 ta gol va 74 ta assist bor.



