Ryudigerning shartnoma bo'yicha talablari ochiqlandi

Sherzod Nurmatov
10 apr 2022, 21:52
Germaniya va "Chelsi" markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

Uning "aristokratlar" bilan bitimi shu yozda tugaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, germaniyalik futbolchi potencial ish beruvchidan yiliga 12,5 million evro maosh bilan to'rt mavsumlik shartnoma, shuningdek, bonus sifatida 20 million so'ramoqda.

Avvalroq futbolchiga "Yuventus", "Real", PSJ va "Bavariya" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ryudiger ushbu mavsumda "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira