Ryudiger "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirishdan uzoq. O'yinchiga "Real" qiziqmoqda, "Bavariya" esa uning maoshini to'lashga tayyor emas

Alisher
14 dek 2021, 17:45
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger klubdan ketishi mumkin.

London klubi bilan muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda, ammo tomonlar kelishuvga erishishdan yiroqlar.

Uning xizmatlariga "Real" qiziqmoqda. Madrid klubi uni erkin agent maqomida o'z safiga jalb qilmoqchi.

O'yinchi bilan shuningdek "Bavariya" ham shartnoma imzolashni xohlaydi, ammo Myunxen klubi u xohlayotgan pulni to'lashga tayyor emas. Ryudiger haftasiga 200 ming funt maosh oladi.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano