Ruy Patrisiu "Napoli"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017
"Sporting" posboni Ruy Patrisiu faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik xizmatlariga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.

Agar Xose Reyda "Napoli"ni tark etsa, neapolliklar 29 yoshli darvozabonni sotib olishmoqchi. Patrisiu va Lissabon klubi o'rtasidagi bitim 2022 yilgacha mo'ljallangan, shartnomadagi uning badal puli 45 mln. evro.

So'nggi mavsum posbon Portugaliya chempionatining 31 ta uchrashuvida 34 ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia