

"Futbolning qoidasi bor. Sen urmasang senga urishadi. 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan vaqtimizda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi. Agar yana bir bor gol kiritib 2:0 ga o'tib olganimizda g'alabani ushlab qolar edik. G'alaba har ikki jamoaga ham juda kerak edi. Men "Mashal"dan hujumkor o'yin kutgan edim. Bu o'yinni raqib ko'rsatmadi", - deydi Rustam Mirsodiqov.
- "Sho'rtan" bilan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida vohaning barcha jamoasini mehmonda mag'lub etmoqchimiz degan edingiz. Bu rejangiz amalga oshdi deb o'ylaysizmi ?
- Shuni ham o'yladim. Mana buni fursati ham yetib kelmoqda. Bugun hech bo'lmaa hisobni ushlab qolganimizda "Mashal" ham mag'lub etilar edi. Hali o'z maydonimizda ikki voha jamoasiga qarshi o'yin ham bor. Shu o'yinlardan so'ng bu rejam qanchalik o'zini oqlaganini ko'ramiz.
- Raqibni oxirgi uchrashuvlarini ko'rib chiqqan bo'lsangiz "Mashal"ning muvaffaqiyatsiz o'yinlariga nima yetishmayapdi deb o'ylaysiz?
- Ularni o'yinlarini ko'rdim. Maydon egalaridan hujumkor futbol kutgan edim. Ular bitta vaziyat yaratdi va undan foydalandi. Hujum chizig'ida muammosi ko'p. Ikkinchi bo'lim qarshi hujumda o'ynashni ko'zlagan edik lekin vaziyatlarda omadimiz kelmadi.
- Yoshlar ligasi bahsida Shohnazar Norbekov juda ham mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Nima uchun hatto zaxira tarkibida ham yo'q?
- Norbekovni oyog'ida kichik jarohati bor. Uni olib qolgandan foyda bo'lmasdi.



