

- Bugun chempionatdagi muhim va og'ir uchrashuvlardan birini o'tkazasiz. Yigitlar bilan suhbatlar chog'ida oldilarida qanday o'yin turganligini tushuntirdik. Ularning o'zlari ham oldilarida qanday mas'uliyatli vazifa turganligini va uch ochko olish muhimligini his qilib turishibdi. “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda g'alaba biz uchun suv va havodek zarur. Shundan kelib chiqqan holda bugun maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Muxlislarimizdan o'yingohga kelib, jamoamizni qo'llab quvvatlab turishlarini so'rab qolaman.
"Navbahor" matbuot xizmati
"Navbahor" matbuot xizmati


