Rustam Ashurmatov: "Xalqimizning daldasi bizga kuch bag'ishlaydi"

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015, 10:47
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi Rustam Ashurmatov kechagi Avstriyaga qarshi o'yindan so'ng o'z his-hayajonlari va fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Avstriya bilan o'yinda qozonilgan g'alaba bizni juda quvontirdi. Buning asosiy omili jamoaviy harakatimiz, yaxshi himoya, xujumchilarning yaratilgan vaziyatlardan to'g'ri foydalana olganligi va muxlislarimizning quvvatlovi bo'ldi, deb hisoblayman.

Senegalga keladigan bo'lsak, kechaning o'zida bu jamoaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladik. Agar jamoa bir tanadan bosh chiqarsa, hayiqmasdan, so'ngi daqiqalargacha bor kuchi bilan harakat qilsa, nafaqat Senegal, balki istalgan jamoani yutish mumkin. O'zbekistonimizning - xalqimizning daldasi bizga kuch bag'ishlaydi. Vatanimiz uchun, g'alaba uchun harakat qilamiz! - deydi terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov championat.asia saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyadagi mundial chorak finalida Senegalga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30da boshlanadi.


Gulshanoy Sadullaevayozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia