

Tabiiyki, ushbu turnirlarda o'zini ko'rsatgan yosh iqtidorlarga chet ellik skautlar tomonidan e'tibor oshadi. Lekin, nima uchundir klublarimiz o'z futbolchilarini yoshligidan xorij jamoalariga qo'yib yuborishni istashmaydi. Bunga Koreya K Ligasida o'ynayotgan himoyachimiz Rustam Ashurmatov ham “Tezkor Studiya” loyihasida o'z munosabatini bildirdi.
“Bitta narsani aniq aytishim mumkin, Pol Pogba, yoki Umtitilarning eng katta foydasi Yevropa futbolida tarbiyalangani bo'ldi. Ularda jamoadan jamoaga o'tish jarayoni, transferlar osonroq kechadi. Bazi bir yevropaliklardan so'rasangiz O'zbekistonni bilmasligi mumkin. Shuningdek, reklama, agentlik, klublarning futbolchilarga katta summa qo'yib qo'yishi katta rol o'ynaydi. Masalan, biz terma jamoaga borib o'yinimiz pasayib qoladi demagan bo'lardim. Misol uchun bizga qarshi o'ynaydigan futbolchilar kuchli jamoalarda, top chempionatlarda o'ynashgani uchun biznikilar bilan taqqoslashadi. Agarda kuchli klublar o'zbek futbolini va chempionatini yaxshi bilganida juda ko'p futbolchilarimiz Yevropaga ketgan bo'lardi”,- deydi Ashurmatov.
O'tgan davr mobaynida ko'plab futbolchilarimizga xususan Akrom Komilovga “Red Bull Zalcburg”, Otabek Shukurovga “Xoffenxaym” , Zabihillo O'rinboevga Portugaliya yuqori ligasi klublari tomonidan chorlovlar bo'lgan edi. Biroq, transferlar turli sabablarga ko'ra amalga oshmagandi.
Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin:



