Rustam Abdullaev: “Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2015, 21:03
“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot-anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev qatnashdi.
Bir-biriga o'xshamagan bo'limlar bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi taymda o'yinimizni kuchaytirishga erishdik. Bu borada muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Og'ir paytda bizni yolg'izlatib qo'yishmadi, - deydi Abdullaev.

Bugun ikita asosiy himoyachimizning yo'qligi bilindi.
Albatta, futbolda almashtirib bo'lmaydigan o'yinchilar bo'lmaydi. Har doim bunga tayyor turishimiz talab etiladi. Zaxirada o'tirganlar ham o'z vaqtlari kutishadi. Bugun ham ular o'z imkoniyatlaridan a'lo darajada bajarishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz