"Xorazm" murabbiyi Ruslan Ahmedov: "Raqibga tashabbusni berib qarshi hujumni ko'zladik"

Iskandarov Abdulaziz
20 mar 2022, 19:22
Bugun Pro liganing 3-turida “Xorazm” o'z maydonida “Andijon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov ishtirok etdi. 


-  Bugungi o'yin og'ir bo'ldi. Chunki biz taktika tomondan tayyorgarlik ko'rgandik. Bilamiz, “Andijon” yaxshi jamoa. Ular Superligaga chiqishga davogar hisoblanadi.  Biz har o'yinga jiddiy tayyorlanamiz. 

-  O'yinda 3:0 bo'lishini kutganmidingiz?

-  Biz bugun ikkinchi temp bilan o'ynadik. Imkoniyatlarimiz bo'lishini kutgandik. Raqibga tashabbusni berishni oldindan rejalashtirgandik. Biz esa qarshi hujumlar uyushtirishni ko'zladik.

-  “Andijon”ning o'yiniga qanday munosabat bildirasiz?

-  Yaxshi jamoa. Tajribali futbolchilari ko'p. Raqib safida legionerlar ham bor. Ular o'ziga yarasha kuchli. Mavsum davomida klub baribir Superligaga chiqish uchun harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати