Runi: "Pogba MYU yetakchisiga aylanishi kerak"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018, 16:15
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Ueyn Runining fikricha, "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogba klubni APL chempioniga aylantirishi mumkin.

"Pol - fantastik futbolchi. U "Manchester Yunayted" yetakchisiga aylanib, jamoani APLda chempion qilishi kerak. Ko'pchilikning fikricha, Mourinyo Poldan maksimum foyda chiqarishi kerak, ammo Pogba buni o'zi uchun qilishi kerak. U "Manchester Yunayted" bilan sovrin yuta olishiga ishonaman.

To'g'ri, uning atrofida mish-mishlar ko'p. Pol doimo omma ko'z o'ngida, ammo u bu bosimni enga oladi, chunki Pogba eng yaxshi futbolchilardan biri" - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CNN