Rummenigge: Bavariya Messini olmaydi. Bu falsafamizga zid

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 15:06
Bavariya boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge Barselona sardori Lionel Messi atrofidagi voqealarga munosabat bildirdi.

- Bavariya Messi bilan shartnoma tuzishga harakat qiladimi?

- Yo'q. Biz futbolchiga bunday katta maosh to'lay olmaymiz. Bu bizning siyosatimiz va falsafamizga zid.

Rostini aytsam Messining Barselonadan ketishi haqidagi xabarlar meni xafa qilmoqda. Leo bu klub tarixini yozdi. Shaxsiy fikrimga ko'ra u Kataloniyada faoliyatini yakunlashi kerak.

Ammo men bilmagan ichki voqealar bor, shu bois bunga aralashmayman, – deydi Rummenigge Tuttosport nashriga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tuttosport