
Biroz avval yakuniga etgan bahsda "Lokomotiv" "Sochi"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Anton Zabolotniy va Nikita Burmistrovlarning gollariga "temiryo'lchilar" safida Anton Miranchuk bir bor javob qaytara oldi. Shu tariqa Moskva klubi qatorasiga 3-o'yinda mag'lub bo'ldi. Bunga qadar "Bavariya" va "Rotor"ga imkoniyat boy berilgan edi. Rossiya chempionatining ortda qolgan 13 turidan keyin "Loko" hisobida 21 ochko mavjud → TURNIR JADVALI
Sochi – Lokomotiv 2:1
31 oktyabr, 21.00, "Olimpiyskiy stadion Fisht"
Gollar:
1:0 – 14 Zabolotniy, 2:0 – 40 Burmistrov, 2:1 – 65 Miranchuk.
Sochi – Djanaev, Terexov, Mevlya (Nabiullin, 67), Mammana, Margasov, Joaozino (Novoselcev, 89), Yusupov, Burmistrov (Zaika, 71), Prucev, Miladinovich, Zabolotniy.
Lokomotiv – Gilerme, Jivoglyadov, Serkeyra, Ribus, Liscov, Rybchinskiy (Lisakovich, 64), Kulikov, Jemaletdinov (Iosifov, 84), Kamano (Miranchuk, 64), Smolov (Ze Luish, 75), Eder.
Ogohlantirishlar:
Eder (16), Ribus (28), Mevlya (55), Miladinovich (71), Serkeyra (73), Kulikov (74), Djanaev (74), Terexov (78).
