Ro'ziqul Berdiev: Tarkibimizda qancha jarohatlar bo'lishga qaramasdan, yigitlar katta ishtiyoq bilan o'ynashdi va shu sababli keyingi bosqichga chiqdik

Alisher
28 apr 2022, 13:14
Bugun Nasaf va Paxtakor jamoasi OCHL guruh bahslarini yakunlab, Saudiya Arabistonidan qaytib kelishdi. OCHLning keyingi bosqichini hal qilgan Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev turnir haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bizning guruhdan o'rin olgan jamoalarning barchasi kuchli edi. Shunga qaramasdan, bizning futbolchilar ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rdi va ularga qarshi yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. Oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo'yilgandi va buni biz juda ajoyib tarzda amalga oshirdik,-dedi Ajdarlar bosh murabbiyi.  

- Nasaf jamoasining O'zbekiston chempionatidagi startidagi o'yini bilan, OCHLdagi o'yini keskin farq qildi. Nimaning evaziga bunday o'zgarishlar bo'ldi?

- Jamoa qancha ko'p o'yinga ega bo'lsa, shuncha  o'yin amaliyotga ega bo'ladi. Buni yigitlar o'yinlarda ko'rsata olishdi.  Tarkibimizda qancha jarohatlar bo'lishga qaramasdan, yigitlar katta ishtiyoq bilan o'ynashdi va shu sababli keyingi bosqichga chiqdik. Fursatdan foydalanib, barcha o'zbek muxlislarini bu kichik yutuq bilan tabriklayman.  

- Nasrullaev va bir nechta futbolchilar jarohat oldi. Siz uchun qaysi chiziqlardagi yo'qotishlar qiyinchiliklar tug'dirdi?

- Oxirgi ikki yil ichida Sherzod bizni yetakchimizga aylandi. U bizga kerakli chiziqda harakat qiladi, chunki chap qanot himoyasida bizda boshqa o'yinchi yo'q edi. Shuning uchun, Alibek bilan Sherzodning qanotini yopishga harakat qildi. Davronov yosh bo'lishiga qaramasdan, ancha yaxshi harakat qildi va bizning ishonchimizning oqladi. Sherzod Nasrullaev va G'olib G'aybullaevning yo'qligi o'yinimizga yaxshigina ta’sir qildi. 

- Keyingi bosqichga chiqildi va keyingi raqibga qarshi ancha vaqt bor. Keyingi raqibingiz haqida...

- Biz navbatdagi raqibimiz haqida kecha bildi. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Saudiya Arabistonining Al-Shabab jamoasi. Hozirda jamoa milliy chempionatda to'rtinchi pog'onada ketayotgan ekan. Ularning bir nechta legioneri bor.  Biz Saudiyaning jamoasiga qarshi maydonga tushdik va ularning barcha jamoasi yaxshi saviyada ekanligini bildik.   Al-Shababga qarshi o'yin ham oson bo'lmaydi, biroq OCHLdagi o'yinimiz orqali ancha tajribaga ega bo'ldik va ularga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatamiz deb o'ylayman. 

- Guruh bosqichining so'nggi turidan avval Nasaf yirik hisobda mag'lub bo'lmasa, keyingi bosqichga chiqishi aniq edi. Bu jamoaning o'yiniga ta’sir qilmadimi?

- Manimcha, bu holat ozgina ta’sir qildi. Buni futbolchilarimning o'yinidan sezdim. Shu sababli, kiyim alishtirish xonasida bu haqida juda ko'p bor ta'kidladim. Biz hali maqsadimizni 100 foiz hal qilmagan edik va ularni ruhan jiddiy tayyorlashga harakat qildim. 

- Paxtakor o'yini haqida...

- Paxtakorning bir nechta o'yini ko'rdik. Ularning o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, ular ancha yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ularning o'yinlarda yaratgan vaziyatlari butun mavsumga etsa kerak. Paxtakordan biroz omad yuz o'girgan bo'lsa ham kerak. Lekin biz va Paxtakor OCHL bahslarida yaxshi darajani ko'rsata oldik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia