Ro'ziqul Berdiev: "O'yin 90 daqiqa bo'ladi, bugun biz 30 daqiqa futbol ko'rdik"

Оқил Абдубарноев
9 okt 2022, 22:04
Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- O'yin har doim 90 minut bo'ladi. Lekin bugun 30 minutlar atrofida futbol ko'rdik. Hakamlarning qaroridan ko'p jabr ko'rayapmiz, bugun navbatdagisi bo'ldi. Ko'rdinglar, Oybek Bozorov yiqitilganda vaziyat ko'rib chiqilmadi. Yoki ko'rib chiqib shunday qaror qabul qildi. Biz aslida hisobni kattaroq ko'rinishga olib kelishimiz mumkin edi. 1:0 dan so'ng ham yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Shu sababdan bugun ochko yo'qotdik deb o'ylayman.

- Bahrom Abdurahimov va Sharof Muhitdinovlar nega tarkibda ko'rinishmadi?

- Ularda jarohat bor. Shu bois bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilishmadi.

- Vaziyatlarni golga aylantirishda muammo ko'zga tashlanayapti. Bunda futbolchilarga mahorat yetishmayaptimi? Yoki hayajon bilan bog'liqmi?

- Mahoratga ham, hayajonga ham bog'liqlik tomonlari bor. Ko'ryapsizlar, biz bilan uydagi o'yinlarda barcha raqiblar ko'pchilik bo'lib himoyaviy uslubda o'ynashmoqda. Shu sababdan ham yorib kirishda qiyinchilikka duch kelayapmiz. Bu borada yigitlarga tayinlayapmiz, birinchi bo'limda, umuman o'yin davomidagi har bir standart vaziyatdan unumli foydalanish kerak. Man o'ylayman-ki, hammada kayfiyat yaxshi. Muxlislarni ham tushunamiz, hali oldinda o'yinlar bor va oxirigacha kurashamiz.

- AGMK bilan kubok yarim final uchrashuvida jamoani jiddiy sinov kutib turibdi...

- Bu bosqichlarda oson raqib bo'lmaydi. Biz albatta finalni o'ylagan xolda maydonga chiqamiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia