

- Futbolda asosiysi natija. Bugun "Bunyodkor" jamoasi natija uchun o'ynadi va o'ziga kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Biz o'yin jihatidan yaxshiroq o'ynagandirmiz, ammo o'zimiz maqsad qilgan kamida bir ochkoni ham ololmadik. Ikkinchi bo'limda ko'proq tashabbusga ega bo'ldik. Ammo ko'plab pozicion hujumlarimizni golga aylantira olmadik. Muhammadievni zaxiraga olganimiz bu taktik o'zgarish bo'ldi. Sherzod A'zamovni esa jarohat olgani uchun zaxiraga olishga majbur bo'ldim.




