Rojers: "Katta maosh yosh futbolchilarning o'sishiga halaqit beryapti"

Aslanov Jasurbek
10 fev 2015, 15:17
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers, yarim himoyachi Rahim Sterlingga klub taklif etgan yangi shartnoma borasida o'z fikrini bildirdi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, yoshlar ko'p pul olishi noto'g'ri.

"Oldin takidlaganimdek, klub Rahimga hayratlanarli taklif yubordi. Ammo yosh futbolchi katta maosh olsa, bu uning o'sishiga halaqit berishi mumkin. Bu nafaqt Rahim, balki boshqalarga ham tegishlidir. Ular maslahatimga quloq tutishsa, bunga o'zlari amin bo'lishadi" - deydi Rojers.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com