

Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roysning fevral oyida olgan jarohati to'liq tuzalmagan.
30 yoshli futbolchi nafaqat "Volfsburg" (23 may) va "Bavariya"ga (26 may) qarshi uchrashuvlarni, balki, mavsumning to'liq keyingi qismini o'tkazib yuborishi mumkinligi oydinlashgan.

Ma'lumot uchun, Roys Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 19 o'yinda maydonga tushishga ulgurgandi (11 gol, 6ta samarali uzatma).



