Roys "Borussiya"ning kelasi mavsum uchun maqsadlarini aytib o'tdi

Alisher
22 iyul 2019, 18:52
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi va sardori Marko Roys jamoasining Chempionlar Ligasining finaliga chiqishini xohlamoqda.

- Doimo Dortmundning "Borussiya" klubini tanlayman. Men bu klub bilan Bundesligani hamda Germaniya kubogini yutishni xohlayman. Yana bir bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqish ham bizning asosiy maqsadlarimizdandir, - deydi Roys.

Dortmundliklar yakunlangan mavsum Germaniya chempionatida "Bavariya"dan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi.

"Borussiya" 2012/13 yilgi mavsum CHL finalida "Bavariya" (1:2) bilan o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de