Roy Kin: "MYU futbolchilari Mourinyuni avtobus tagiga tashlashgandi, Sulsher bilan ham xuddi shunday qilishmoqda"

Tolibjon Qosimov
25 apr 2019, 15:48
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin jamoa futbolchilarini keskin tanqid qildi.

"Qizil iblislar" kecha tunda o'z maydonlarida "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan edi. Jamoa barcha musobaqalar doirasida oxirgi ucha o'yinni umumiy hisobda 0:9 hisobida boy berdi.

"Futbolchilar mag'lubiyatdan so'ng: "Keyingi o'yinda o'zimizni ko'rsatamiz", - deyishlari meni hayron qoldiradi. Ular har bir uchrashuvda o'zlarini ko'rsatishlari shart. Qayerda o'ynashing muhim emas - MYU yoki "Oltrinxem".

Men bu o'yinni futbolchilarning o'zgacha reakciyasi deb atamayman. Bu Mourinyuni avtobus tagiga tashlagan o'yinchilar va ular Ole bilan ham xuddi shunday qilishmoqda.

Leopardlar rangini o'zgartirmaydi. Bu klubda MYUni yuqoriga qaytarish uchun yolg'onchilar juda ko'p. Men bu o'yinchilarga ishonmayman", - dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com