Rouz italyan klubiga o'tishi mumkin

Ijara asosida "Nyukasl"da to'p tepayotgan "Tottenxem" futbolchisi Denni Rouz faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Transfermarketweb.com xabariga ko'ra, angliyalik futbolchining xizmatlariga "Lacio" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. 30 yoshli Rouzning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallanagan. "Shporlar" rahbariyati himoyachini 5 mln funt evaziga qo'yib yuborishga tayyor.


Manba: Transfermarketweb.com