"Rostov"ga taqiq qo'yildi

Mirjalol Normatov
21 avg 2019
Rossiya FI "Rostov" klubini jazoladi.

Qayd etish kerak, klub jamoaning sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdiev va uning yordamchilari Ivan Danilyanc va Aleksandr Macyuradan qarzni uzmaguncha boshqa futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

28 iyul kuni tartib-intizom qo'mitasi murabbiy va uning yordamchilari foydasiga qaror chiqargandi va bu "Rostov" tomonidan e'lon qilingandi.

66 yoshli Berdiev 2014 yilning dekabrida "ko'k-sariq"lar boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida "Rostov" 2015/16 yilgi mavsumda RPLning bronzo medali sovrindoriga aylangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bombardir.ru