
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov bir nechta ko'rsatkichlar bo'yicha yetakchi bo'ldi.
"Krasnodar" safida kurashlarda g'alaba qozonishda foiz bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich Odil Ahmedovda (80%, 10tadan 8tasida g'alaba).
Terma jamoamiz a'zosi o'z jamoasi hujumga o'tish to'p oshirishlarining eng ko'pini amalga oshirgan. "Krasnodar"da umumiy hisobda 13ta o'tkir hujumga o'tish oshirmasi bo'lgan va ularning 6tasi muvaffaqiyat bilan keyingi futbolchiga yetib borgan. Ushbu 6ta aniq oshirmaning 3tasi Ahmedovga tegishli.
Aldab o'tish bo'yicha eng yaxshi natijalarni Rikardo Laborde (7 muvaffaqiyatli aldash) va Odil Ahmedov (5ta) qayd etgan.