Rostdanmi? Futbolchi Angliya terma jamoasida o'ynashni istamadi?

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018, 12:57
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner JCH-2018 vaqtida Angliya terma jamoasida o'ynashni istamadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Milnerning joriy mavsumdagi o'yini va Angliya terma jamoasining markaziy chiziqdagi muammolari Garet Sautgeytni 32 yoshli futbolchiga e'tibor qaratishga majbur qildi. Mutaxassis Milner bilan shaxsan suhbatlashib oldi, 2016 yilda xalqaro faoliyatini yakunlagan futbolchi terma jamoaga qaytmasligini aytdi.

Joriy mavsum 32 yoshli yarim himoyachi APLning 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times