Rossiya termasi oktyabr oyida Afrika termalariga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 19:07
Rossiya terma jamoasining oktyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlari uchun raqiblari aniq bo'ldi.

"RB Sport" xabariga ko'ra, navbatdagi oydagi FIFA kunlarida Rossiya termasiga Afrika qitasi vakillari raqiblik qilishadi.

Unga ko'ra, 12 oktyabr kuni Rossiya Moskvada Kamerun termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazsa, 16 oktyabrda Turkiyada Keniya termasiga qarshi bahs olib boriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: РБ Спорт