

Stanislav Cherchesov shogirdlari I guruhida birinchi va ikkkinchi o'rinlar uchun Beliya, Shotlandiya, Kipr, Qozog'iston va San-Marino bilan kurashadi.
Rossiya terma jamoasi yilni 21 mart kuni Belgiyaga qarshi kechadigan bahs bilan boshlaydi. E'tiboringizga rossiyaliklarning Evro-2020 saralashidagi taqvimini taqdim etamiz.
21 mart, Belgiya - Rossiya
24 mart, Qozog'iston - Rossiya
8 iyun, Rossiya - San-Marino
11 iyun, Rossiya - Kipr
6 sentyabr, Shotlandiya - Rossiya
9 sentyabr, Rossiya - Qozog'iston
10 oktyabr, Rossiya – Shotlandiya
13 oktyabr, Kipr - Rossiya
16 noyabr, Rossiya - Belgiya
19 noyabr, San-Marino - Rossiya
Guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar turnir yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Qolgan to'rt o'rin Millatlar ligasi orqali aniqlanadi.



