Rossiya terma jamoasiga kimlar chaqirilgani ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2018, 15:43
Rossiya terma jamoasining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi noyabrdagi o'yinlar uchun qaydnomani e'lon qildi.

Rossiya terma jamoasi 15 noyabr kuni Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 20 noyabrda esa ular Shvetsiya bilan Millatlar ligasi turnirida to'qnash keladi.

Darvozabonlar: Marinato Gilerme (Lokomotiv), Andrey Lunyov (Zenit), Anton Shunin (Dinamo).

Himoyachilar: Georgiy Djikiya (Spartak), Fyodor Kudryashov, Egor Sorokin (ikkisi - Rubindan), Roman Noyshtedter (Fenerbaxche), Konstantin Raush (Dinamo), Andrey Semyonov (Axmat), Kirill Nababkin, Mario Fernandes (ikkisi - SSKAdan).

Yarim himoyachilar: Ilzat Axmetov (SSKA), Yuriy Gazinskiy (Krasnodar), Aleksandr Golovin (Monako), Roman Zobnin (Spartak), Aleksandr Eroxin, Daler Kuzyaev (oba - Zenit), Aleksey Ionov (Rostov), Ruslan Kambolov (Rubin), Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk (ikkisi - Lokomotivdan), Denis Cherishev (Valensiya).

Hujumchilar: Artyom Dzyuba, Anton Zabolotniy (ikiisi - Zenitdan), Dmitriy Poloz (Rubin), Fyodor Chalov (SSKA).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia