

RFI matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Krasnodar" darvozaboni Matvey Safonov va Moskvaning "Spartak" klubi xavbeki Anton Zinkovskiy uchrashuvda qatnashmaydi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Orenburg" bilan o'yinda darvozabonning elkasi shikastlangani uchun maydonga tushmaydi. Zinkovskiy esa shamolllab qolgani uchun o'yinni o'tkazib yuboradi.
Tojikiston va Rossiya o'rtasidagi bahs 17 noyabr kuni Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi. Valeriy Karpin shogirdlari 20 noyabr kuni O'zbekistonga qarshi bahs o'ynaydi.



