

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov mazkur uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
Uchrashuvning so'nggi o'n besh daqiqasida temiryo'lchilar Denisov va Miranchukning gollaridan keyin amalda kubok sohibiga aylanishdi.
Ushbu g'alabadan keyin “Loko” keyingi mavsumni Yevropa ligasining guruh bahslarida boshlashi oydinlashdi.
Rossiya kubogi
Final
Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 76 Igor Denisov, 0:2 – 90 Miranchuk.
Ural – Zabolotnyy, Dancev, Novikov, Balajic, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Emelyanov, Lungu, Pavlyuchenko, Ilin.
Lokomotiv – Gilerme, VITALIY DENISOV, Peychinovich, Kverkveliya, Igor Denisov, Tarasov, Fernandesh, Ignatev, Maykon, Miranchuk, Ari.




